«O‘zgidromet» yana ogohlantirish bilan chiqdi
O‘zbekistonning 7 viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 8—16 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar sababli O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
- Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun, Sherobod tumanlarida;
- Samarqand viloyatining Qo‘shrabot, Payariq, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlarida;
- Jizzax viloyatining Forish, G‘allaorol, Zomin, Baxmal tumanlarida;
- Toshkent viloyatining Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida;
- Namangan viloyatining Chust, Pop tumanlarida;
- Farg‘ona viloyatining So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan, «O‘zgidromet» 8—16 mart kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar, shuningdek, chorva mollarini boquvchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘ragan.
Avvalroq, O‘zbekistonning 9 ta hududida sel kelish xavfi e’lon qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter