«O‘zgidromet» to‘rt kunlik prognozni e’lon qildi
O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 20-24 mart kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
Qayd etilishicha, 20-22 mart kunlari O‘zbekiston hududiga nam o‘rta yer dengizi havosi kirib keladi.
Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20-21 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Bugun 20 martda respublikaning ko‘pchilik hududlarida juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 19-24 daraja iliq atrofida, janubda 27-29 daraja iliqqacha bo‘ladi.
21-22 mart kunlari harorat asta-sekin pasayadi, 22 mart kuniga kelib 10-15 daraja iliqqacha bo‘ladi.
20-21 martda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
23-24 mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari salqinroq 5-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat yana ko‘tarila boshlaydi va 17-20 daraja iliqni, ba’zi joylarda 22 daraja iliqqachani tashkil etadi.
Respubliknaing tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 20-22 mart kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtimizda 20 martda kechga tomon va 21-22 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
21 martda shamol tezligi 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 21 martda 15-17 daraja, 22 martda 12-14 daraja iliq bo‘ladi. Harorat kechalari 9-12 daraja iliq bo‘ladi.
23-24 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 6-8 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter