Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi ochiqlandi

Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi ochiqlandi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 

Dekabr oyining boshida ob-havoni belgilagan sovuq antitsiklon mamlakatimizni tark etdi. Nihoyat hududimizga iliq havo massalari kirib keldi, havo harorati keskin ko‘tarildi, qor butunlay erib ketdi.

Bugun ushbu holat saqlanib turadi, O‘zbekiston bo‘yicha quyoshli va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent viloyatida ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduzi havo 9-14° iliqgacha, ba’zi joylarda 16-18° iliqgacha isiydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-5° yuqoridir.

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo harorat foni biroz pasayadi.

Havo harorati kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqni, kunduzi shanba kuni 7-12 daraja iliqni, yakshanba kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi va ushbu kunlarning me’yoriy qiymatlariga yaqin bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring