Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zgidromet bugun shamol, momaqaldiroq va yomg‘irdan ogohlantirmoqda

O‘zgidromet bugun shamol, momaqaldiroq va yomg‘irdan ogohlantirmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni O‘zbekistondagi ob-havoni Kavkaz hududlaridan kirib kelgan nam va salqin havo massalari belgilaydi.

Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tamon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° gacha pasayadi.

Poytaxtimizda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-28° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring