Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» qachon sovuq biroz pasayishini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» qachon sovuq biroz pasayishini ma’lum qildi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun O‘zbekiston hududi Qozog‘istonning sharqiy hududlari ustida joylashgan keng va juda sovuq antitsiklonning janubi-g‘arbiy chekkasida (periferiya) joylashgan.

O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qatlamsimon bulutlardan ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunning ikkinchi yarimda 7-12 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Shanba kuni havo harorati kechasi 12-17 daraja sovuqni, ba’zi joylarda 20 daraja sovuqgacha, kunduzi 5-10 daraja sovuqni, ba’zi joylarda 12 daraja sovuqgachani tashkil etadi.

Yakshanba kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan iliq havo kirib kelishi boshlanadi, u antitsiklonning sovuq periferiyasini ortga sura boshlaydi.

Yakshanba kuni havo biroz iliqlashadi, kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.

Buning hisobiga yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. «O‘zgidromet» yehtiyot bo‘lishni tavsiya qiladi. 13-16 yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfi ortishi sababli tog‘li hududlarga borish tavsiya etilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring