«O‘zgidromet» ob-havo bo‘yicha yana bir ogohlantiruvchi bayonot berdi
Gidrometeorologiya xizmati O‘zbekistonda 2021yil eng issiq yillardan biri bo‘lganini qayd etdi.
Hudud Markaziy Osiyoning qurg‘oqchil zonasiga kiradi. Mamlakatning to‘rtdan besh qismi cho‘l va yarim cho‘l hududlardan iborat, janubi-sharqdan va sharqdan ulkan tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan.
Quyosh radiatsiyasi yuqori darajada kelishi va atmosfera sirkulatsiyasi kontinental iqlim hilini shakllantirib, havo harorati ancha o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi va yozi issiq va quruq, bahori nam, qishi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Mamlakat hududi har turli havo massasi kirib kelishi uchun ochiq. Atlantik va arktik havo massalari shimoldan, shimoli-g‘arbdan va g‘arbdan keng tekisliklarga kirib keladi.
Qishda janubiy siklonlarning iliq qismida tropik havo massalari kirib kelishi natijasida harorat keskin ko‘tariladi va bundan keyin esa havo (harorat) keskin pasayadi. Iyul oyida hududlar bo‘yicha o‘rtacha havo harorati shimolda 26°S dan respublika janubida 30°C gacha o‘zgarib turadi, maksimal harorat 47-49°C ga yetadi. Yanvar oyining o‘rtacha havo harorati shimolda -8°C gacha va janubda 0°C gacha pasayadi, minimal harorat -38°C ga (Ustyurt platosida) yetadi.
Yoz oylarida cho‘l hududlarining juda isishi kontinental tropik havoni shakllantiradi, u o‘ta quruqligi bilan ajralib turadi. Yog‘ingarchilik juda kam (bir yilda 80-200 mm atrofida), bunda ularning o‘zgaruvchanligi juda katta. Orol dengizi yog‘ingarchilik miqdoriga deyarli ta’sir etmaydi, faqat ensiz qirg‘oq oldi zonasida yuqori namlik kuzatiladi.
Tog‘ oldi hududlarda yog‘ingarchilik miqdori ko‘payadi. Tog‘ tizmalari bag‘rlarida, nam havo massalariga ochiq tog‘ tizmalarida – 600-800 m va undan ko‘p bo‘ladi. Bahor oylarida tog‘larda qor ko‘chkilari bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p jadal yomg‘irlar sel toshqinlarini yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Oxirgi o‘n yillikda iqlimning global isishi kuzatilmoqda, u atmosferaga parnik gazlarni antropogen tashlashlar, shuningdek boshqa iqlimiy faktorlari natijasidadir.
2021 yilda O‘zbekiston hududi bo‘yicha o‘rtacha yillik havo harorati me’yordan 1,4-2,7° yuqori bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter