«O‘zgidromet» ogohlantirish e’lon qildi

10-12 sentyabr kunlari O‘zbekistonga Volga bo‘yi hududlaridan biroz nam va salqin havo oqimi kirib keladi.
Qayd etilishicha, 11-12 sentyabr kunlari respublika bo‘ylab kechalari harorat +10 +13 daraja, kunduz kunlari +25 +28 darajagacha pasayadi.
11 sentyabr kuni Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Toshkent, 12 sentyabr kuni Farg‘ona vodiy viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Dengiz sathidan 2500 metr balandlikdagi tog‘larda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Sovuq havo oqimi kirib kelish jarayonida ayrim hududlarda shamol tezligi 15-18 m/s, 11 sentyabr kuni Surxondaryo va Farg‘ona vodiysida 20-23 m/s gacha kuchayishi prognoz qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter