«O‘zgidromet» ushbu haftada ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi

Gidrometeorologiya xizmati boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun va ertaga respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Faqat O‘zbekistonning janubiy hududlarida nam havo massalari aylanib turadi, buning hisobiga Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Kechasi hali sovuq bo‘ladi, havo harorati 0-5° iliq, shimolda 2-7° sovuq atrofida bo‘ladi, kunduz kuni yesa quyosh havoni 10-15° iliqgacha isitadi.
10-noyabrda nam havo massasi shimoli-sharqiy tomonga qarab xarakatlanadi va respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 3-8° iliq, kunduz kunlari 10-15° iliq atrofida bo‘ladi.
11-13-noyabrda respublikamiz hududiga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 3-8° iliq bo‘ladi, kunduz kunlari yesa noyabr oyi o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlargacha 15-18° iliqgacha, janubda yesa 20-21° iliqgacha isiydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter