«O‘zgidromet» anomal issiqdan ogohlantirdi
![«O‘zgidromet» anomal issiqdan ogohlantirdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1922801440.jpg)
O‘zbekiston hududida anomal issiq harorat kutilmoqda.
Joriy yilning 25-29-iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati:
25-28-iyunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 42-44° gacha;
25-29-iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 43-45° gacha;
26-29-iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 40-42° gacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter