O‘zga yurtda yana bir qurbon. O‘zbekistonlik quruvchi 16-qavatdan tushib ketdi
Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020-yilning 5-yanvar kuni Sankt-Peterburg shahri Primore tumanida O‘zbekiston fuqarosi R.X.ning jasadi topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimiz qurilayotgan ob’yektning 16-qavatidan tushib ketgan.
Ayni paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bosh konsulxona mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi hamda vatandoshimizning jasadini vatanga yuborishga oid konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
«Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49», deyiladi TIV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter