«O‘zenergosotish» kompaniyasiga yangi rais tayinlandi
«O‘zenergosotish» AJ boshqaruvi raisi lavozimiga Obidjonov Jahongir Obidjonovich tayinlandi.
J.Obidjonov 1976-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1998-yil Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti hamda 2006-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
J.Obidjonov 2004 – 2007 yillarda Markaziy bankda turli lavozimlarda, 2007 – 2017 yillarda «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» OATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2017 – 2019 yillarda «O‘zbekenergo» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, keyinchalik boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi, 2020 – 2022 yillarda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U 2024-yilda Angliyaning «Anglia Rusking University» universitetida «Biznes boshqaruvi magistri» (MBA) magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomladi. https://t.me/minenergy_uz/11848
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter