«O‘zbektelekom» internet sifati pasayishi mumkinligidan ogohlantirdi
«O‘zbektelekom» AK 2018-yilning 1-dekabriga qadar internet xizmatlarini taqdim etishda sifat pasayishi kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Bunga Xalqaro paketli kommutatsiya markazi va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari sig‘imini kengaytirish bo‘yicha loyiha doirasida tarmoq modernizatsiyasi bo‘yicha texnik ishlar olib borilayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Kompaniya noqulayliklar uchun foydalanuvchilardan uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter