Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom»da rahbariyat o‘zgardi: avvalgi bosh direktor o‘rniga qaytdi

«O‘zbektelekom»da rahbariyat o‘zgardi: avvalgi bosh direktor o‘rniga qaytdi

Foto: «Xabar.uz»

2018-yil 8-avgust kuni «O‘zbektelekom» AK rahbariyatida qator lavozimga tayinlashlar amalga oshirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya rahbari etib, avval ham bosh direktor lavozimida faoliyat yuritgan Shuhrat Qodirov tayinlandi.

2018-yilning fevral oyidan avgustiga qadar bosh direktor lavozimida ishlagan Farhod Roziyev esa kompaniyaning tijorat direktori vazifasiga o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Jamol Maqsudov Istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlandi. Shu vaqtga qadar bu vazifani Yevgeniy Marking bajarib kelayotgan edi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring