«O‘zbektelekom» AK an’anaviy o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda (foto+video)
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida «O‘zbektelekom» AK an’anaviy maxsus o‘quv kurslari boshlandi. 13—18-yanvar kunlariga belgilangan o‘quv kurslarining tinglovchilari — kompaniya filiallari rahbarlari va bosh hisobchilari.
O‘quv kurslariga tashrif buyurgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov tizim oldida turgan dolzarb vazifalar, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, aholiga eng zamonaviy, tezkor xizmatlar taqdim etish hamda «O‘zbektelekom» AK boshqarish sifati va samaradorligini yuksaltirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan strategik masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
2020-yilgi o‘quv kurslarining bosh mavzusi: «Time management» — samaradorlik va natijadorlik kafolati. Yoshlar va ularning tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash — muvaffaqiyat garovi»
O‘quv kurslarida:
- Taym-menejment
- Yoshlar masalalari, yoshlarga oid davlat siyosati
- Soliq va budjet siyosati
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Psixologiya
- Mehnatni muhofaza qilish
- Zamonaviy boshqaruv
- Buxgalteriya hisobini yuritishdagi muammolar
- Hisoblashda elektron dastur va vositalardan foydalanish
yo‘nalishidagi mavzularda ma’ruzalar o‘qilib, tinglovchilar tomonidan muhokama qilindi.
O‘quv kurslari tinglovchilari 18 yanvar kuni Toshkentdagi Al-Xorazmiy nomidagi AKT-maktabiga tashrif buyurishadi. Shu kuni tinglovchilarga sertifikatlarni topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter