Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» va «O‘zkimyosanoat» AJda korrupsiyaga qarshi kurashishda «komplayens nazorat» joriy etilmoqda

«O‘zbekneftgaz» va «O‘zkimyosanoat» AJda korrupsiyaga qarshi kurashishda «komplayens nazorat» joriy etilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi ishchi organi — Bosh prokuratura tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining «O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish» loyihasi hamkorligida «O‘zkimyosanoat» va «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens nazorat» (compliance control) tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar boshlandi.

Ushbu loyiha yetakchi halqaro tashkilotlardan biri hisoblangan halqaro auditorlik kompaniyasi KPMG (Italiya) ekspertlari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Taqdimot davomida «KPMG» ekspertlari mazkur loyihani xalqaro ekspertlarning faol qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirilishi jamiyatlarda korrupsiyaga qarshi halqaro standartlar va amaliyotlarni samarali joriy etishga imkon berishini, shuningdek jamiyatlarning shaffofligi, korporativ boshqaruv darajasi va investitsiyaviy jozibadorligi oshishini ta’kidlab o‘tishdi.

Bundan tashqari, mazkur jamiyatlarda korrupsiyaga qarshi choralarni samarali amalga oshirishda to‘plangan tajribadan boshqa ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan tashkilotlarda va ho‘jalik yurituvchi sub’yektlarda korrupsiyaga qarshi kurashning umumiy yo‘nalishini shakllantirish uchun foydalanish mumkinligi qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring