Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Sho‘rtan regionida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish borasidagi ishlar holati o‘rganildi

«O‘zbekneftgaz»: Sho‘rtan regionida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish borasidagi ishlar holati o‘rganildi

Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Qish mavsumida aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini barqaror yetkazib berishni ta’minlash maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJning barcha qazib chiqarish boshqarmalari hamda zavodlarida «Shtab»lar tashkil etilib, qazib chiqarish, ishlab chiqarish jarayonlari, joylarda amalga oshirilayotgan tadbirlar Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari tomonidan «Sho‘rtan» neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Sho‘rtan» konidagi 360, 362, 377 va 393-sonli burg‘ilash quduqlari hamda «Terrigen» 1-sonli izlov-qidiruv qudug‘ini burg‘ilash ishlari holati joyida o‘rganildi.

Ish joyida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar yangi yil bilan tabriklandi va ularning faoliyati uchun minnatdorlik bildirildi.

«Sho‘rtan» boshqarmasida 2022-yilda tabiiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichi 8,95 mlrd. kub metrni tashkil etib, tabiiy gaz 10 ta gaz konlaridagi 273 ta ishlatish quduqlaridan qazib olinadi.

Ushbu konlarda bir kunda o‘rtacha 24,5 mln. kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilmoqda.

Konlardan qazib olingan gaz 8 ta gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarida birlamchi tayyorlanib, Siquv kompressor stansiyalarida bosimi oshirilib, qayta ishlash uchun «Sho‘rtan bosh inshooti»ga uzatiladi.

Shuningdek, «Sho‘rtan» konlari «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» va «Uzbekistan GTL» zavodining asosiy xom ashyo bazasi hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib, «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi korxonada ishlayotgan rahbarlar va geolog xodimlarga, yanada qazib olish hajmlarini oshirish yo‘nalishida ishlarni tashkil etish, shu hududda izlov qidiruv ishlarini jadallashtirish yo‘nalishida ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Shuni ta’kidlash joizki, joriy 2022-yilda «Sho‘rtan» boshqarmasida geologo-texnik tadbirlar doirasida 16 ta yangi burg‘ilash quduqlari burg‘ilanib ishga topshirildi, mavjud 116 ta quduqlarda ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari bajarildi hamda 6 ta texnologik obyektlar ishga tushirilib, qo‘shimcha 363,8 mln kub metr gaz va 6,9 ming tn gaz kondensati qazib olishga erishildi.

Ushbu yo‘nalishda texnologik tadbirlar doirasida «Sho‘rtan» konidagi gaz yig‘uv joylarida quduqlaridan qazib olinayotgan gazni dastlaki tayyorlash uchun 3 ta gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi qurilib ishga tushirildi, ushbu qurilmalardagi uskunalar «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi korxonlaradan olib foydalanilishi, shuningdek qurilish brigadalari esa «Sho‘rtan» boshqarmasining qurilish sexi xodimlari tomonidan o‘z kuchlari bilan qurishga erishilib, sarf-xarajatlarni qisqartirilishiga ham olib keldi.

Gaz konlarida gaz uzatish tizimi quvurlari o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida 41,5 km gaz quvurlar qurildi. «Shimoliy Nishon» siquv kompressor stansiyasi gaz haydash agregatlarida modernizatsiya ishlari amalga oshirildi, natijada konlarda qatlam bosimining tabiiy tushish sharoitida gaz qazib chiqarishning barqarorligini ta’minlashga erishildi.

Joriy yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari huzurida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, energiya resurslaridagi uzilishlarni kamaytirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘ilishda «O‘zbekneftgaz» AJga kunlik qazib olishni oshirish bo‘yicha topshiriq belgilab berilgan edi.

Ushbu tadbirlar doirasida «Sho‘rtan» boshqarmasi «Sho‘rtan» konida 357-sonli quduq mukammal ta’mirlandi, 378-sonli quduq burg‘ilashdan ishga tushirildi. «Niyoz» koni 2-sonli quduq izlov-qidiruv ishlaridan burg‘ilash ishlari yakunlanib, sanoat miqyosida gaz oqimi olindi, 26 km gaz quvuri montaj qilindi. 2022-yilning 24-dekabrida ishga qo‘shilib, jami «Sho‘rtan» boshqarmasi bo‘yicha kunlik 228 ming kub metr tabiiy gaz qazib chiqarish oshirishga erishildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring