Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi

«O‘zbekneftgaz» rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi

Sidiqov Bahodirjon Bahromovich — «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

B.Sidiqov bunga qadar «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, Rustam Sherov «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining Geologiya va qazib chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar u «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining Qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Odil Temirov «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining Qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperasiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ibodov Mo‘min Mamurjonovich Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Prezident Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida axborot siyosati masalalari bo‘yicha faoliyat olib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring