«O‘zbekneftgaz» AJ rahbariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi tashkil etildi.
Qayd etilishicha, «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev yangi tayinlangan birinchi o‘rinbosar hamda o‘rinbosalarni jamoaga tanishitirgan.
Boshqaruv raisining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajarish Transformatsiya va operatsion samaradorlik departamenti boshlig‘i Behzod Boburovich Usmonovga yuklatildi.
Behzod Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Manchester universitetida tahsil olgan.
Bundan tashqari, Boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi vazifalarini bajarishga Shuhrat Kidirbayevich Dauletiyarov tayinlandi.
Shuhrat Dauletiyarov «O‘zbekneftgaz» AJ Kapital qurilish va ta’mirlash departamenti boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Hisob palatasida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida esa Sardor Alisherovich Mirzayev ish boshladi.
Bugungi kungi qadar, Sardor Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Hisob palatasida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter