Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: 8 ta konda geologiya-qidiruv ishlari tugatilib, yakuniy zahiralari hisoblanmoqda

«O‘zbekneftgaz»: 8 ta konda geologiya-qidiruv ishlari tugatilib, yakuniy zahiralari hisoblanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari asosida «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatiga mamlakatimizning Ustyurt, Buxoro-Xiva, Farg‘ona, Hisor va Markaziy Qizilqum regionlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun neft va gazga doir istiqbolli bir qator konlar va maydonlar ajratilgan.

Mazkur qaror va farmoyishlar bilan «O‘zbekneftgaz» AJ oldiga 2020-2025 yillar mobaynida ushbu konlarda qidiruv bosqichini yakunlash hamda ajratilgan yangi maydonning neftgazlilik istiqbolini baholash orqali belgilangan uglevodorod hom-ashyo zahirasini o‘stirish topshirig‘i qo‘yilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ bo‘yicha uglevodorod xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta hosil qilish bo‘yicha yillik ishlab chiqilgan Dasturlar asosida geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Geologiya-qidiruv ishlari yakunlangan konlar natijalari asosida ularning yakuniy zahiralarini baholash ishlari amalga oshiriladi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Geologiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2020-2022 yillar mobaynida yakuniy zahiralarni hisoblash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida uglevodorod va foydali qazilmalar zahiralari bo‘yicha quyidagi konlar Davlat zahiralari komissiyasida tasdiqlandi.

• 2020 yilda «Chakkaqum-Shimoliy Suzma», «Murodtepa-Atamurod» konlari.

• 2021 yilda «Do‘ltatepa», «Marvarid», «Janubiy Kulbeshkak», «Uchtepa» konlari.

• 2022 yilda «To‘maris», «Arslon», «Sho‘rtak» konlari.

2023 yilda ham ushbu Dastur ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra «Yormoq», «Andakli», «Shorqum», «O‘rtaqum», «Ijobat», «O‘rtabuloq» (ter.yura), «Chaqar» va «Tarnasoy» kabi konlarning yakuniy zahiralarni hisoblash belgilab olingan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring