O‘zbeklarning Rossiyaga kirishida tekshiruvlar kuchaydi
So‘nggi paytlarda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasiga O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirishda yoki Moskva shahridagi «Sheremetevo» xalqaro aeroporti orqali tranzit o‘tishda aeroport tegishli xizmatlari tomonidan qo‘shimcha va haddan tashqari uzoq tekshiruvlar bilan bog‘liq murojaatlari ko‘paygan.
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida elchixona Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga murojaat yubordi.
Shu bilan birga, elchixonaning konsullik bo‘limi «Sheremetevo» aeroportining chegara nazorati xizmati bilan doimiy aloqada bo‘lib turgani ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter