Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston–Turkiya: generallar qanday kelishuvga erishdi?

O‘zbekiston–Turkiya: generallar qanday kelishuvga erishdi?

Joriy yil 22-25 iyun kunlari O‘zbekiston Milliy gvardiyasi delegatsiyasi Turkiyaga rasmiy tashrifni amalga oshirdi. Delegatsiyani Turkiya jandarmeriyasi bosh qo‘mondoni, armiya generali Orif Chetin kutib oldi.

Do‘stona ruhda o‘tkazilgan muzokaralarda tomonlar xavfsizlikni ta’minlash, kadrlarni tayyorlash va terrorizmga qarshi kurash sohalarida tajriba almashish hamda amaliy hamkorlikni davom ettirish borasida kelishuvga erishdi. Turkiya jandarmeriyasi bosh qo‘mondoni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi bilan hamkorlik aloqalarini barcha yo‘nalishlarda kengaytirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Tashrif davomida delegatsiyamiz a’zolari Jandarmeriya bosh qo‘mondonligi, Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi, Nevshehir va Istanbul shaharlari boshqarmalari hamda Sohil xavfsizligi va Marmara bo‘g‘ozi bo‘linmalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Keyingi vaqtlarda Milliy gvardiya va Turkiya jandarmeriyasi o‘rtasida hamkorlik faollashgani kuzatilmoqda. Avval xabar berganimizdek, joriy yil may oyida Jandarmeriya bosh qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, armiya generali Ali Chardakchi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgan va Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev bilan uchrashgan edi.

2021 yil noyabr oyida esa Turkiya jandarmeriyasi bosh qo‘mondoni Orif Chetin yurtimizda mehmon bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring