O‘zbekiston—Tojikiston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi

23 sentyabr kuni soat 22:02 da O‘zbekiston—Tojikiston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila o‘chog‘i 5 km chuqurlikda joylashgan bo‘lib, magnitudasi 3,7 bo‘lgan. Zilzila Toshkentdan janubiy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha 187 km uzoqlikda sodir bo‘ldi.
Yer silkinishi O‘zbekistonning quyidagi hududlarida sezildi:
Guliston (zilzila markazidan 94 km): 2 ball;
Jizzax (72 km): 2 ball.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.
Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter