Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston–Qozog‘iston: bosh vazir o‘rinbosarlari muhim masalada kelishib oldi

O‘zbekiston–Qozog‘iston: bosh vazir o‘rinbosarlari muhim masalada kelishib oldi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi qayerda joylashuvi borasida o‘zaro kelishib oldi. Bu haqdagi hujjat Chimkent shahrida ikki davlat bosh vazir o‘rinbosarlari – Jamshid Xo‘jayev va Serik Jumangarin tomonidan imzolandi.

Ushbu hujjatda Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi Guliston (O‘zbekiston) va Atameken (Qozog‘iston) o‘tkazish shoxobchalarida joylashuvi belgilandi. Endilikda har ikki tomon kooperatsiya markazi qurilishi uchun 50 gektardan yer ajratishi lozim. 

Shuningdek, joriy yil 15 martga qadar Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazida joylashuvi ko‘zda tutilgan loyihalar ma’lum qilinadi.

Ikki davlat savdo idoralari bir oy davomida Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun yashil koridor tartibini joriy etish va boshqa imtiyoz, preferensiyalarni kelishib olishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3 fevral kuni Qozog‘iston va O‘zbekiston bosh vazirlari Alixon Smailov va Abdulla Aripov Almatida uchrashib, o‘zaro robitalarning buguni va ertasi, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish istiqbolini muhokama qilgan.

Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazining ta’sis etilishi savdo munosabatlarini yanada kengaytirishi kutilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston  chegarasiga yaqin hududlarda savdo zonalari tashkil etilib, ikki davlat fuqarolari uchun kirdi-chiqdi muhrlarini olmay ushbu zonalarda savdo qilish imkoni yaratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring