Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning yangi elchisi Germaniya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Germaniya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Dilshod Axatov Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ishonch yorliqlarini topshirdi.

«Dunyo» AA xabariga ko‘ra, mazkur marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilingan.

Germaniya rahbari  so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarning jadallashgani va sheriklik keng ko‘lamli yo‘nalishlarini qamrab olganini mamnuniyat bilan qayd etdi, shuningdek, GFR O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Frank-Valter Shtaynmayerga O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga muvaffaqiyat va farovonlik tiladi.

Tadbir so‘ngida harbiylar hurmat bajo keltirgan holda, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarishdi.

Eslatib o‘tamiz, Dilshod Axatov 2017-2023 yillarda O‘zbekistonning Germaniyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Nabijon Qosimov o‘rnini egalladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring