Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi rivojlantiriladi

O‘zbekistonning tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi rivojlantiriladi

O‘zbekistonda «Avitsenna» nomi ostida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi.

Bu haqda joriy yil 23-sentyabr kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-335-sonli qarorda gap boradi.

Qaror bilan, shuningdek, quyidagilar belgilandi:

  • «Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» («Medical service hospitality») dasturi amalga oshiriladi;
  • davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinadi;
  • konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda ko‘rsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • tog‘li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) ob’yektlari mavjud bo‘lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi;
  • 2025 yil 1 aprelgacha internet tarmog‘i orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent to‘lovi to‘lashdan ozod qilinadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring