Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijlik sayyohlar O‘zbekistonda yangi yo‘nalishlarni kashf etmoqda

Xorijlik sayyohlar O‘zbekistonda yangi yo‘nalishlarni kashf etmoqda

Foto: Turizm qo‘mitasi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson mamlakatimizning tarixiy va madaniy qadriyatlarini o‘rganish imkonini beruvchi hashamatli «Golden Eagle» poyezdida sayohat qilish haqida o‘quvchilar bilan o‘rtoqlashdi.

Qayd etilishicha, bu sayyohlik yo‘nalishi sayyohlarni qadimiy sivilizatsiyalar izlari saqlanib qolgan, to‘qimachilik sanoati gullab-yashnagan serhosil Farg‘ona vodiysi, Buxorodagi islom oltin davri yutuqlari va dunyoga mashhur avangard san’ati kolleksiyasi, sirli Nukus bilan tanishtiradi. Buning natijasida sayyohlar nafaqat go‘zal manzaralardan bahramand bo‘lishlari, balki noyob madaniy va tarixiy obidalar bilan ham tanishishlari mumkin.

Maqolada «Golden Eagle»da sayohat nafaqat tarixni o‘rganish, balki arxitektura va san’at orqali o‘tmish muhitini his qilish imkonini beradi. Muallif «Golden Eagle» poyezdida sayohat qilish nafaqat ma’rifiy, balki qulay bo‘lib, dam olish va sayohatdan zavqlanish imkonini berishini ta’kidlaydi.

Bunday nashrlar turizmni rivojlantirish, o‘ziga xos yo‘nalishlarni yoritib, O‘zbekistonning ijobiy imidjini yaratishga xizmat qilmoqda, bu esa o‘z navbatida turizmni rivojlantiradi va sayyohlar oqimini ko‘paytirishga yordam beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring