O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 4 oyda 24,6 mlrd dollarni tashkil qildi

2025-yil yanvar-aprel oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 24,6 mlrd AQSh dollariga yetdi va 2024-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 3 mlrd 443 mln AQSh dollariga yoki 16,3 foizga ko‘paydi.
TSAda eksport hajmi 11 mlrd 882,1 mln AQSh dollariga (2024 yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 35,1 fzizga ko‘paydi) va import hajmi 12 mlrd 728,4 mln AQSh dollariga (2,9 foizga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida – 846,3 mln AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
O‘zbekiston jahonning 183 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (17 foiz), Rossiyada (15,1 foiz), Qozog‘istonda (5,7 foiz), Turkiyada (3,4 foiz) va Koreya Respublikasida (2,4 foiz) qayd etilgan.
Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 32,7 foiz ulush bilan 8 mlrd 46,9 mln AQSh dollarini, nisbatan kam ulushni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi 0,8 foiz yoki 208,8 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 78,9 foizni tashkil etib, asosiy ulush sanoat tovarlari (10,1 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (5,6 foiz), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (5,1 foiz) va turli xil tayyor buyumlar (3,4 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter