O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 3 oyda qariyb 15 mlrd dollarga yetdi
2023-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 14,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,6 mlrd AQSh dollariga yoki 11,9 foizga oshgan. Bu haqda Statistika agentligining mamlakat import-eksportiga oid dastlabki ma’lumotlarida qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, 3 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 5,7 mlrd AQSh dollari va import 9,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.
O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida jahonning 167 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida 5 mlrd AQSh dollarini, fevralda qariyb 4 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter