Oliy Majlis Senati yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tayotgani va unda moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov so‘zga chiqqani haqida xabar
berilgandi.
Vazir senatorlarning O‘zbekistonning tashqi qarzi bo‘yicha bergan savollariga javob bergan.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi qarzi yil yakuniga qadar 15 milliard dollarga yetadi.
Yil boshida bu boradagi ko‘rsatkich 9 milliard dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, oktyabr oyi holatiga bu 13,5 milliard dollarni tashkil qilgan.
Kreditorlarni asosan xalqaro moliya tashkilotlari tashkil etadi. Bular Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqalardir.
Yetakchi kreditor davlatlar:
1. Xitoy (2 milliard dollar)
2.Yaponiya (1,5 milliard dollar)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter