Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston davlat qarzining bir qismi so‘mga o‘girildi

O‘zbekiston davlat qarzining bir qismi so‘mga o‘girildi

Foto: Xabar.uz

YeTTB va O‘zbekiston 20 million dollarlik ilk sinov svop operatsiyasini amalga oshirdi, buning natijasida xorijiy valyutadagi davlat qarzining bir qismi milliy valyutadagi qarzga o‘girildi.

YeTTBning O‘zbekistondagi rahbari Alkis Drakinosning ta’kidlashicha, ushbu bitim «O‘zbekistonda mahalliy valyuta bozorini rivojlantirishdagi muhim bosqichdir».

«Bu valyuta risklarini boshqarishni ham, mamlakat real sektorini milliy valyutada kreditlashni ham osonlashtiradi. Bu, ayniqsa, Markaziy Osiyo va undan tashqarida beqarorlik hukm surayotgan bir paytda juda muhimdir».

Moliya vazirligi ushbu operatsiyani tarixiy deb atadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring