Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning tashqi siyosiy konsepsiyasi yangilanadi

O‘zbekistonning tashqi siyosiy konsepsiyasi yangilanadi

Foto: «Azernews.az»

O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy konsepsiyasi yangi tahrirda qabul qilinadi. Bu O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, yangi tahrirdagi konsepsiyada O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy sheriklar o‘rtasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa sohalardagi o‘rta va uzoq muddatli manfaatlariga asoslangan ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari nazarda tutiladi.

Konsepsiyaning yangi tahrirdagi loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018 yil 1 oktyabrgacha tayyorlanishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kerak.

Farmon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 2018-yilning 5-aprel kuni imzolangan. Uning matni O‘zAda e’lon qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring