Rahbarlik lavozimidagi TOP-40 ayollar reytingi yangilandi
«Yuksalish» umummilliy harakati mutaxassislari Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat tuzilmalari, muassasalari va jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 40 nafar ayollarning yillik ro‘yxatini yangiladi.
O‘rganish natijalari mamlakatimizda tuzilmaviy va institutsional o‘zgarishlar izchil davom etayotganini, gender tenglik sohasidagi qonunchilik takomillashtirilayotganini, ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va mavqei ortib borayotganini tasdiqlaydi.
Bu yil ekspertlar reytingga ko‘proq faol fuqarolik pozitsiyasi, jamiyatda bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmagan va tashabbuskorligi tufayli jamiyat va davlatdagi muhim o‘zgarishlarga hissa qo‘shayotgan nodavlat sektor vakillarini kiritdi.
Bugun iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va ijtimoiy sohalarda o‘zini namoyon etayotgan qat’iyatli va maqsad sari intiluvchan ayollar yoshlarga namuna bo‘lmoqda. Ular mavjud stereotiplarga, eskicha tushunchalarga barham bermoqda, jamiyatda gender tengligini ta’minlashga, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni ilgari surishga hissa qo‘shmoqda.
Reytingni shakllantirishda xotin-qizlarimizning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni, ular mehnat qilayotgan tashkilotlarning mamlakat siyosiy kun tartibini shakllantirish, tarmoqlarni rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi institutsional ta’sir darajasi inobatga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter