Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning qator diplomatik missiyalari rahbarlariga oliy diplomatik martabalar berildi

O‘zbekistonning qator diplomatik missiyalari rahbarlariga oliy diplomatik martabalar berildi

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan qator diplomatik missiyalar rahbarlariga oliy diplomatik martabalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi Farxod Arziyev va Turkmanistondagi elchisi Akmaljon Kuchkarovga — Favqulodda va Muxtor elchi martabasi;

O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi elchisi Abat Fayzullayev, UNESCOdagi doimiy vakili Umid Shodiyev va  Jenevadagi BMT bo‘linmasidagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasovga — 2-darajali Favqulodda va Muxtor vakil martabasi berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring