Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi noyabrda 1,1 mlrd dollarga ortdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi noyabrda 1,1 mlrd dollarga ortdi

Markaziy bank bergan ma’lumotga ko‘ra, regulyator 1 dekabr holatiga O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi bir oyda 1,1 mlrd AQSh dollariga oshganini hamda bu bilan sentyabr oyidagi ko‘rsatkichni deyarli tiklaganini ko‘rsatmoqda.

Qayd etilishicha, yil boshiga nisbatan kamayish 1,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, zaxiralarning umumiy hajmi 33,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.

Noyabr oyi davomida oltinning fizik hajmi 12,8 mln troya unsiya ko‘rsatkichini saqlab qolgan bo‘lsa, qiymati 1,4 mlrd AQSh dollariga oshib, 22 464 mln AQSh dollarini tashkil qilgan.

Oltinning qiymati iyul, avgust  oylarida sentyabr oyiga nisbatan o‘suvchi ko‘rsatkichni qayd etgandi. Oktyabr oyida esa zaxiralar joriy yil boshiga nisbatan 2,8 mlrd AQSh dollariga yoki 8 foizga kamaygandi.

Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyuta zaxiralari ham oktyabr oyidagi 10,2 mlrd AQSh dollari ko‘rsatkichdan noyabr oyiga kelib 9,9 mlrd AQSh dollariga kamaygan.

«O‘zbekiston yalpi xalqaro zaxiralari joriy yil boshidan 1,7 mlrd AQSh dollariga yoki 4,8 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1 799,25 AQSh dollaridan 1 759,65 AQSh dollarigacha pasayishining ta’siri 0,51 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi», –deyiladi Markaziy bank izohida.

Spot nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston oltin xarid qilishda ketma-ket beshinchi oy yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan edi. Ta’kidlanishicha, mamlakat oktyabr oyida 8,7 tonna oltin xarid qilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston markaziy banklar orasida oltinning dunyodagi ikkinchi eng yirik xaridoriga aylandi. Xususan, mamlakat 65 foizlik zaxirasi bilan Venesueladan keyingi o‘rinni qayd etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring