Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli oshdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli oshdi

Aprelda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli oshdi. Bu haqda Spot Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Joriy yilning 1-may holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari 918 mln dollarga oshib, 35,1 mlrd dollarni tashkil etdi.

Xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori 8,02 mlrd dollarni tashkil etib, bir oyda 238,6 mln dollarga pasaydi.

O‘zbekiston Markaziy bankining boshqa mamlakatlar markaziy banklari hamda XVJdagi depozitlari hajmi ham sezilarli – 416,4 mln dollargacha oshdi.

Bundan tashqari, boshqa xorijiy moliya institutlarining hisobvaraqlaridagi mablag‘lar miqdori 316,1 mln dollarga pasayib, 7,6 mlrd dollarni qayd etdi.

Mamlakat oltin zaxiralari sezilarli darajada oshib, may oyi boshida 25,37 mlrd dollarni tashkil etdi. Uning qiymati jahondagi rekord darajadagi narxlar fonida 1,16 mlrd dollarga oshdi.

Shuningdek, zaxiradagi oltinning fizik hajmi bir oy oldingi darajada qoldi — 11,5 mln troy unsiya (356,45 tonna).

Aprel oyida oltinning narxi 2 207 dollardan 2 314,8 dollargacha ko‘tarilib, buning natijasida oradagi farq 1,2 mlrd dollarga yetgan.

Shu bilan birga O‘zbekiston mart oyida oltin sotish bo‘yicha yetakchilikni ham saqlab qoldi: xorijga 11 tonna oltin sotilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring