Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord ko‘rsatkichga yetdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord ko‘rsatkichga yetdi

Oktyabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bankning xalqaro zahiralarga doir statistikasida qayd etildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 1 noyabr holatiga mamlakat zaxiralari bir oyda 2 mlrd AQSh dollaridan ko‘proqqa oshgan va 43,14 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.

Bunga asosiy sabab sifatida oltin zaxiralarining davom etayotgan o‘sishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Ya’ni, uning qiymati ham rekord ko‘rsatkichni – 33,36 mlrd AQSh dollarini (o‘tgan oyga nisbatan 1,5 mlrd AQSh dollariga ko‘p) tashkil qilgan.

O‘z navbatida, zaxiralarning sof hajmi 12 mln troya unsiyada (373 tonnadan ortiq) o‘zgarishsiz qolmoqda.

Erkin konvertatsiya qilinuvchi valyutadagi aktivlar hajmi sezilarli darajada oshib, oktyabr oyi oxirida 9,22 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Markaziy bankning xorijiy hisobvaraqlaridagi naqd valyuta hajmi 445,5 mln AQSh dollariga oshib, 9,11 mlrd AQSh dollariga yetdi. Shundan 414,4 mln AQSh dollari boshqa Markaziy banklar va XVFda, qolgan 8,67 mlrd AQSh dollari esa boshqa xorijiy moliya institutlarida saqlanadi.

Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar narxi bir oy ichida deyarli uch baravar oshib, 100 mln AQSh dollaridan oshdi.

Markaziy bankning o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, uchinchi chorakda tartibga soluvchi organ tomonidan oltin xaridi 12 foizga o‘sgan. O‘z navbatida, Jahon oltin kengashi (WGC) O‘zbekistonning qimmatbaho metalni sotishdan uni sotib olishga o‘tganini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring