Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi 6 oyda qanchaga o‘sgani aytildi

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi 6 oyda qanchaga o‘sgani aytildi

2022-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari tashqi savdo hajmi 14,5 foizga o‘sib, 4,0 mlrd. AQSh dollariga yetdi, bu umumiy savdo hajmining 14,1 foizini tashkil etdi.

Bu haqdagi statistika Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotida keltirib o‘tildi.

Qayd etilishicha, hisobot davrida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksporti 1,7 mlrd. AQSh dollarini (o‘sish 19,1 foiz), importi esa 2,3 mlrd. AQSh dollarini (o‘sish 11,4 foiz) tashkil etgan.

Shuningdek, 2022-yilning yanvar-may oyi yakunida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi:

  • Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 2,5 mlrd. dollarni(o‘sish 9,9 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 757,4 mln. dollarga, import hajmi esa 1,7 mlrd. dollarga yetdi.
  • Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 659,9mln. dollarni (o‘sish 30,3 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 529,1 mln. dollarga, import hajmi esa 130,9 mln. dollarga yetdi.
  • Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 485,8mln. dollarni (o‘sish 8,5 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 133,0 mln. dollarga, import hajmi esa 352,8 mln. dollarga yetdi.
  • Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 340,4mln. dollarni (o‘sish 16,2 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 257,2 mln. dollarga, import hajmi esa 83,2 mln. dollarga yetdi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulushi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi – 62 foiz.

Qolgan qismi:

  • Qirg‘iziston – 17 foiz;
  • Turkmaniston – 12 foiz;
  • Tojikiston – 9 foiz.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring