Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi ishlab chiqildi

O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi ishlab chiqildi

Foto: «norma.uz»

O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasining 2021-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasi» to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasi umumiy muhokama uchun qo‘yildi.

Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda barcha mavjud imkoniyat va salohiyatlarimizni chuqur tizimli tahlil qilgan holda iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish yo‘lida ilg‘or xorijiy tajribalar, mamlakatimiz va jahon ilm-fanining zamonaviy yutuqlarini keng joriy etilishini ta’minlash maqsadida ushbu farmon loyihasi tayyorlangan. Bu haqda «Xabar.uz» portaliga Innovatsiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, xalqaro Global innovatsion indeks ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilda yetakchi 50 ta davlat qatoriga qo‘shilishi ham Innovatsion rivojlanish strategiyasining bosh maqsadlaridan biri sifatida belgilangan.

Ta’kidlash joiz, 2015-yili O‘zbekiston saksonga yaqin ko‘rsatkichlar bilan baholanadigan Global innovatsion indeks ko‘rsatkichida 122-o‘rinda qayd etilgan, biroq 2016 va 2017-yillarda aksariyat ma’lumotlarning mavjud emasligi bois mamlakatimiz ushbu reytingga kiritilmagan.

Innovatsiya vazirligi mamlakatimizning hozirgi mavjud innovatsion rivojlanish holatinining tahlili natijalarini inobatga olgan holda, jahon sahnasida raqobatbardoshligini oshirish uchun inson kapitalini mamlakatimizning innovatsion rivojlantirishda eng asosiy yo‘nalishlardan biri etib belgiladi. Bu — barcha bosqichlardagi ta’limning sifatini oshirish va qamrovini kengaytirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kadrlarni tayyorlashdir.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, ilm-fan, ta’lim va biznesning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi mexanizmlarni ishlab chiqilishi talab etiladi.

Innovatsiyalarni moliyalashtirishning yangi shakllarini tatbiq etish, intellektual mulkka egalik huquqini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarini moliyalashtirishga ham mazkur Strategiya loyihasida alohida e’tibor qaratilgan.

Strategiya loyihasi muhokamasi 27-iyulga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring