Respublikamizning faqat bir viloyatida qizlar ko‘p tug‘ilmoqda
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyida respublikamiz hududlarida tug‘ilgan chaqaloqlar sonida faqatgina Xorazm viloyatida o‘g‘il bolalarga nisbatan qiz chaqaloqlar soni ko‘p.
Yanvarda Xorazm viloyatida 1 775 nafar qiz chaqaloqlar tug‘ilgan. Bu hududdagi jami tirik tug‘ilishlarning 50,6 foizni tashkil etgan. Viloyatda 49,4 foizo‘g‘il bolalar tug‘ilgan.
Yanvar oyida qolgan barcha hududlarda umumiy tirik tug‘ilishlar sonida qiz bolalarga nisbatan o‘g‘il bolalar soni ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholisi 2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 36 024 946 kishini tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter