O‘zbekistonning Erondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Fariddin Nasriyev Eron poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qilmoqda.
42 yoshli diplomat 2015-2023 yillarda O‘zbekistonning Erondagi elchisi lavozimida ishlagan Bahodir Abdullayev o‘rniga tayinlangan.
Fariddin Nasriyev 2018-2023 yillarda O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulligini boshqargan. Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi universitet) tamomlagan.
Shuningdek, mehnat faoliyati davomida 1999-yilda bank tizimida, 2003-yildan esa Tashqi ishlar vazirligining turli tuzilmalarida, jumladan, Belgiya va NATOdagi diplomatik vakolatxonalarda ishlagan. Fariddin Nasriyev TIVning Konsullik-huquqiy departamentida 3-kotiblikdan direktor o‘rinbosarigacha bo‘lgan pog‘onani bosib o‘tgan.
Ingliz, fransuz, rus va fors tillarini mukammal biladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter