O‘zbekistonning eng ko‘p go‘sht yetishtiruvchi hududlari aniqlandi
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda respublikamizda 2,8 mln tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan. Samarqand eng ko‘p go‘sht yetishtiruvchi viloyatga aylandi.
Ikkinchi o‘rinda Qashqadaryo, uchinchi o‘rinni Toshkent viloyati egalladi.
Go‘sht yetishtirish hajmi 2022-yil bilan solishtirilganda 3,9 foizga oshgan.
Hududlar kesimida yetishtirilgan go‘sht (tirik vaznda) hajmi:
— Qoraqalpog‘iston R. – 123,8 ming tonna
— Andijon viloyati – 193 ming tonna
— Buxoro viloyati – 297,8 ming tonna
— Jizzax viloyati – 237,3 ming tonna
— Qashqadaryo viloyati – 325,9 ming tonna
— Navoiy viloyati – 188,3 ming tonna
— Namangan viloyati – 175,9 ming tonna
— Samarqand viloyati – 326,1 ming tonna
— Surxondaryo viloyati – 214,2 ming tonna
— Sirdaryo viloyati – 73,3 ming tonna
— Toshkent viloyati – 306,8 ming tonna
— Farg‘ona viloyati – 186 ming tonna
— Xorazm viloyati – 184,9 ming tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter