«Euronews»da Samarqandga sayyohat haqida «Ipak yo‘li sarguzashtlari» ko‘rsatuvi namoyish etildi

«Euronews» telekanalida turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan «Ipak yo‘li sarguzashtlari» ko‘rsatuvi namoyish etildi.
Ko‘rsatuvda Ipak yo‘lining eng muhim manzilgohlariga, jumladan mashhur Samarqand shahriga sayohatlar va ularning madaniy xususiyatlariga e’tibor qaratilgan. Unda O‘zbekistonning asosiy sayyohlik maskani hisoblangan Registon maydoni kabi tarixiy yodgorliklar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Mintaqaning hunarmandchiligi va oshpazlik san’ati bilan bog‘liq an’analarga, xususan qog‘oz tayyorlash va Samarqand nonini yopish jarayonlariga alohida e’tibor berilgan. Bu esa tomoshabinlarga mahalliy madaniyatning o‘ziga xosligini chuqurroq anglashga yordam beradi.
«Ipak yo‘li sarguzashtlari» singari ko‘rsatuvlar sayyohlarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular tomoshabinlarga nafaqat mintaqaning tarixiy merosini namoyish etadi, balki sayohat uchun real marshrutlarni ham taqdim qiladi. Bunday ajoyib joylar va an’analar haqidagi hikoyalar tomoshabinlarda dunyoning bu betakror go‘shalariga tashrif buyurish istagini uyg‘otishga ko‘maklashadi. O‘z navbatida, bu turizmning rivojlanishiga turtki bo‘ladi, chunki bunday dasturlar yangi yo‘nalishlarga qiziqishni rag‘batlantiradi, infratuzilmani takomillashtirish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi hamda mintaqaning sayyohlarga mo‘ljallangan iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter