O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili yangi lavozimga tayinlandi

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi etib tayinlandi.
Venaga tayinlanishidan oldin u O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili (2017–2023) lavozimida ishlagan. U 57 yoshda. Hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
1992 yildan TIV tizimida ish boshlagan. Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning AQSh va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlagan. Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik darajasiga ega.
Baxtiyor Ibrohimov bu lavozimda 2020-2023 yillarda Vena shahrida elchi bo‘lib ishlagan Abat Fayzullayev o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Abat Fayzullayev mamlakatimizning Italiyadagi elchisi etib tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter