Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning birinchi elchisi Kuba prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning birinchi elchisi Kuba prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi Ulug‘bek Lapasov (qarorgohi Nyu-York shahrida) Kuba Prezidenti Migel Mario Dias-Kanel Bermudesga ishonch yorliqlarini topshirdi.

«Dunyo» AA bergan xabarga ko‘ra, tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan qisqa suhbatda Prezident Migel Bermudes Kuba O‘zbekiston bilan do‘stlik, o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan munosabatlarni qadrlashini ta’kidladi.

Shuningdek, u Kuba hukumatining rasmiy Toshkent bilan siyosiy muloqotni faollashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorligi bildirdi.

Kuba Prezidenti savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, sog‘liqni saqlash va turizm jabhalarida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun ulkan salohiyat va foydalanilmagan salohiyat mavjudligini ta’kidladi.

Uchrashuv so‘ngida Migel Bermudes O‘zbekiston Prezidentiga hurmat va ezgu tilaklarni yetkazdi.

Elchi Ulug‘bek Lapasov Gavanaga tashrifi davomida Kuba milliy qahramoni Xose Marti haykali poyiga gul qo‘ydi. Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi, Parlament, Sog‘liqni saqlash vazirligi, «BioKubaFarma» biotexnologiyalar va farmatsevtika sanoati guruhi bilan uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Kuba o‘rtasida diplomatik munosabatlar 2006 yil 13 martda o‘rnatilgan. Ulug‘bek Lapasov esa O‘zbekistonning Kubadagi 18 yildagi birinchi elchisidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring