O‘zbekistonning bir necha viloyatida yer qimirladi

Bugun, 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 12:26 da (19.07.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 07:26 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 36,69 gradus shimoliy kenglik; 69,88 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik 227 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 512 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 3 ball, 239 km.
- Samarqand viloyatida 2-3 ball, 416 km.
- Jizzax viloyatida 2-3 ball, 421 km.
- Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 432 km.
- Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 433 km.
- Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 442 km.
- Andijon viloyatida 2 ball, 503 km.
- Namangan viloyatida 2 ball, 504 km.
- Toshkent shahrida 2 ball, 511 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter