Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti bayramida necha kun dam oladi?

O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti bayramida necha kun dam oladi?

Bir muddat oldin Qurbon hayiti kuni, ya’ni hijriy taqvim bo‘yicha zulhijja oyining o‘ninchi sanasi, joriy yilning 16 iyun to‘g‘ri kelishi aytilgan edi.

Ushbu muborak bayram munosabati bilan O‘zbekistonda ish kuni olti kun bo‘lganlar 3 kun, besh kun bo‘lganlar esa 4 kun dam olishadi.

Dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

  • 15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni;
  • 16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;
  • 17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
  • 18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli farmoniga asosan).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring