O‘zbekistonliklar oktyabrda ketma-ket ikki kun dam oladi

«1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni» 2023-yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktyabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi.
Mazkur qaror yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq keladi.
Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter