O‘zbekiston 4 oyda qariyb 103 mln dollarlik trikotaj mahsulotlarini eksport qildi

2023-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 16 ta xorijiy davlatga qiymati 102,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 21,8 ming tonna trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,2 mln dollariga ortiq deganidir.
2023-yilning 4 oyida O‘zbekiston trikotaj mahsulotlarini eng ko‘p – Rossiya (32,8 mln dollar), Qirg‘iziston (28,7 mln dollar) va Italiya (17,2 mln dollar) davlatlariga eksport qilgan.
ShUningdek, Ozarbayjon (6,2 mln dollar), (Belarus (5,5 mln dollar), Armaniston (3,8 mln dollar) hamda Polsha (3,3 mln dollar) davlatlari ham O‘zbekistondan trikotaj mahsulotlari importini amalga oshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter