Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik ikki nafar qori Rossiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekistonlik ikki nafar qori Rossiyaga jo‘nab ketdi

Foto: «muslim.uz»

Joriy yilda o‘zbekistonlik qorilarni xorij davlatlarga yuborish davom etmoqda. Kuni kecha 2 nafar qorimiz Rossiya Federatsiyasi shaharlariga jo‘nab ketishdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi Uzoq sharq musulmonlari diniy idorasi taklifiga ko‘ra, Toshkent shahridagi «To‘lqin Akrom o‘g‘li» masjidi imom noibi Jamoliddin Qodirov va «Said Vaqqos ota» masjidi imom noibi Fazliddin Mamadaliyev Vladivostok va Janubiy Saxalin shaharlarida mutasaddi vakillar tomonidan kutib olindi.

Qorilarimiz Ramazon oyi davomida tarovih namozlarida Qur’oni karimni masjid qavmiga xatm qilish bilan birga diniy-ma’rifiy suhbatlar ham o‘tkazishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring