O‘zbekistonlik taekvondochilar Xitoydagi musobaqada 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyda o‘tkazilgan Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogida o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta medal (4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza) jamg‘arishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Xitoyning Tayan shahrida taekvondo WT bo‘yicha Osiyo mintaqasi uchun tashkil etilgan turnir yakunlandi.
Turnirning birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgandi.
Oltin medal:
-80 kg: Jasur Jaysunov;
+87 kg: Marat Mavlonov.
Kumush medal:
-87 kg: Shuhrat Salayev.
Bronza medal:
-87 kg: Yodgor Jo‘raboyev;
-57 kg: Madina Mirabzalova.
Musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter